» » Dilshod Eshnayev Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Nuriymon Abulhasanning o‘rnini egalladi

Dilshod Eshnayev Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Nuriymon Abulhasanning o‘rnini egalladi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga tayinlov amalga oshirildi.

Adliya vazirligining xabar berishicha, shu vaqtgacha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tizimida ishlagan Dilshod Eshnayev qo‘mita raisi o‘rinbosari — axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlangan.

Xabar berishlaricha, Dilshod Eshnayev O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligi tantanalari arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Eshnayevgacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori lavozimida Nuriymon Abulhasan ish olib borgan. Avvalroq u IIVning Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasiga rahbar etib tayinlangani ma’lum qilingan edi.

Nuriymon Abulhasan bilan birga qo‘mita raisi — Jasur Akromov ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. Uning qayerda ish boshlagani hozircha noma’lum, shu vaqtgacha DXX tizimida ishlagan Abdug‘ofur Ahmedov esa Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yangi raisi etib tayinlangan.

Adliya vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют