» » O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021-yildan tashkil etilishi ma‘lum qilindi

O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021-yildan tashkil etilishi ma‘lum qilindi


Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida tibbiyotning turli tarmoqlari qatorida tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish borasida ham vazifalar belgilangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda vazirlik ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida tegishli milliy va xalqaro tashkilotlar, ilm-fan muassasalari, malakali ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Ushbu hamkorlik natijasida “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

— Dunyoning ko‘plab davlatlarida majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy qilingan, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish bo‘limi boshlig‘i Afzalxo‘ja Abduqodirov. — Mamlakatda bu yo‘nalishdagi qonunchilik asoslarini ishlab chiqish jarayonida jahonda shakllangan modellar puxta va atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, milliy xususiyatlar ham har tomonlama tahlil etildi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida bandlik darajalari, soliq stavkalari, oylik daromadlari o‘rganilib, majburiy tibbiy sug‘urtaning hozirgi kunda optimal va ijobiy baholanib kelinayotgan budjet modeli tanlab olindi.

Bu modelni birlamchi darajada amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘armaning shakllanish manbalari etib davlat budjeti bilan bir qatorda inson sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi (tamaki, alkogol, shakar va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan) mahsulotlarga qo‘llaniladigan aksiz soliqlari hamda ekologiyaga zarar yetkazuvchi korxonalardan qo‘shimcha ajratmalar tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021-yildan bosqichma-bosqich joriy etilishi loyihalashtirilgan. Birinchi bosqich 2021-yilda pilot sifatida Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida joriy etiladi. Mazkur viloyatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tizimi, kafolatlangan tibbiy xizmat hajmi hamda jon boshiga va har bir davolangan shaxs uchun to‘lov tizimini yaratish belgilab o‘tilgan.

Ikkinchi bosqichda 2023–2025-yillar davomida yana oltita viloyat qamrab olinadi. Uchinchi bosqichda — 2025-yildan boshlab barcha hududlar to‘liq qamrab olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 1) ( 64) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...