» » O‘zbekistonda 2019-yilning 8 oyi davomida 7439 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu yong‘inlarda 76 nafar inson halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2019-yilning 8 oyi davomida 7439 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu yong‘inlarda 76 nafar inson halok bo‘ldi


FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi respublika hududida 2019-yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar statistikasini taqdim etdi.

Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019-yilning o‘tgan 8 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlar natijasida 14684 ta bino va inshootlarda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 27 nafar inson qutqarilgan, 462 bosh uy hayvoni, 99 xil texnikalar, 182 milliard so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 78 milliard so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan.

Shuningdek, fuqarolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid bilim ko‘niklamalariga ega bo‘lib borishi natijasida 2019-yilning o‘tgan 8 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar, 2018-yilning mos davriga nisbatan 309 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 14 taga va tan jarohati olishi 45 taga kamaygan.

Lekin olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019-yilning o‘tgan 8 oyi davomida respublika hududida jami 7439 ta yong‘in qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 76 nafar inson halok bo‘lgan va 208 nafar kishi tan jarohati olgan. Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 68,7 foizi aholi yashash joylarida, 12,6 foizi tadbirkorlik obyektlarida, 5,7 foizi transport vositalarida va 1,6 foizi davlat tasarrufidagi obyektlarda yuzaga kelgan.

Yong‘inlarning 37,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 12,2 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,4 foizi bolalarning sho‘xligi va 4,1 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют