» » Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 7 ta yong‘in qayd etildi

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 7 ta yong‘in qayd etildi


Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi 17-avgustdan 18-avgustgacha qadar sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 7 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 6 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarning yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi yoki tan jarohati olishi holatlari qayd etilmadi.

17-avgust kuni soat 17:50 da Yunusobod tumani Xasanboy 7-tor ko‘chasi 31-uyning hujraxonasi 20 kvadrat metr maydoni yongan.

Yong‘indan uyning 130 kvadrat maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 17:55 da yetib borgan, yong‘in soat 18:07 da qurshab olinib, soat 18:39 da bartaraf etilgan.

Yong‘in olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют