» » Davlat xizmatlari agentligi xizmat mashinasiga nega oziq-ovqat mahsulotlari ortilganiga aniqlik kiritdi

Davlat xizmatlari agentligi xizmat mashinasiga nega oziq-ovqat mahsulotlari ortilganiga aniqlik kiritdi


Davlat xizmatlari markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan DXMning oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan Damas xizmat avtomobili fotosuratiga munosabat bildirdi.

Ushbu mashina orqali DXMlarga shaxsan tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar, shuningdek, chekka hududlarda joylashgan aholi punktlarida istiqomat qiluvchi shaxslar uchun sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari agentligining ta’kidlashicha, mustaqillik kuni arafasida Davlat xizmatlari markazlari respublika bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun zaruriy yordam va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy aksiyalarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan. Unda Qoraqalpog‘iston xodimlari ham ishtirok etgan.

“Fotosuratda ko‘rinib turganidek, Chimboy tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari keyinchalik ehtiyojmand fuqarolarga yetkazish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishmoqda. Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu holatni noto‘g‘ri talqin etib, o‘zlaricha ‘shov-shuv’ yasamoqchi bo‘lgan. Bunday provokatsiyalarga yo‘l qo‘ymaylik”, — deyiladi agentlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют