» » Samarqandda davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlariga Damas avtomashinalari topshirildi

Samarqandda davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlariga Damas avtomashinalari topshirildi


Samarqandda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining tuman va shahar davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlariga viloyat hokimligi tomonidan Damas avtomashinalari topshirildi.Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Adliya vaziri R. Davletov, Samarqand viloyati hokimi T. Jo‘rayev Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, vakolat va majburiyatlari haqida so‘z yuritdi. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”, degan tamoyil bo‘yicha faoliyat olib borayotgan agentlik ishi tahlil etilib, vazifalar belgilandi.

— Yangi markazlar aholiga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatishi bilan qisqa muddatda ularning ishonchini qozondi, — deydi Urgut tumani davlat xizmatlari markazi rahbari U. Salomov. — Jumladan, shu paytgacha tadbirkorlik subyektlariga 37 xil davlat xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1-apreldan boshlab jismoniy shaxslar uchun 13 xil xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Xizmat avtomashinalarining berilishi, ayniqsa, olis qishloqlardagi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini yanada kengaytiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют