» » Angren shahridagi davlat xizmatlari markazlari o‘z xizmat turlarini kengaytiradi

Angren shahridagi davlat xizmatlari markazlari o‘z xizmat turlarini kengaytiradi


Toshkent viloyati Angren shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan bugungi kunda tadbirkorlik subyektlariga 37 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda, deb xabar beradi Angren shahar davlat xizmatlari markazi matbuot xizmati.

Joriy yil davomida 404 ta tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, buning natijasida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, markaz tomonidan 559 ta davlat xizmati ko‘rsatildi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5278-son farmoniga asosan 2018-yilning 1-aprelidan boshlab markaz tomonidan nafaqat tadbirkorlik subyektlariga, balki jismoniy shaxslarga ham davlat xizmatlari ko‘rsatila boshlaydi.

Jumladan, fuqarolar o‘zlari yashab turgan xonadonlarini muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga tayyor holda ulash, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha ariza berish, fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish kabi 13 turdagi davlat xizmatlarini sanab o‘tish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 20:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют