» » Elektron raqamli imzo endilikda “yagona darcha” markazlarida beriladi

Elektron raqamli imzo endilikda “yagona darcha” markazlarida beriladi


Joriy yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytiga asoslanib, O‘zA xabar berdi.

Qarorga muvofiq, elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va sertifikat berish faqat “yagona darcha” markazlarida amalga oshiriladi. Avvallari bu xizmat bevosita davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilar edi.

Eslatib o‘tamiz, elektron raqamli imzo bu – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xato yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzodir. (O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonuni)

Elektron raqamli imzo davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari va tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini beradi.

Elektron raqamli imzo kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют