» » Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi


6-sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportining turargohi hamda uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur rekonstruksiya ishlari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keng ko‘lamdagi bu ishlarga 150 dan ortiq transport va texnika vositalari jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 26-iyul kuni Samarqand shahriga tashrifi chog‘ida Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishga oid rekonstruksiya loyihasi bilan tanishgan, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют