» » Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining 1-raqamli uchish-qo‘nish yo‘lagi foydalanishga topshirildi

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining 1-raqamli uchish-qo‘nish yo‘lagi foydalanishga topshirildi


Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida kapital ta’mirlash ishlari o‘tkazilganidan so‘ng 1-raqamli uchish-qo‘nish yo‘lagi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK axborot xizmati xabar berdi.

Ta’mirlash ishlari davomida 50 ming kvadrat metr keluvchi asfalt qoplamasi almashtirildi. Shuningdek, nur signal beruvchi qurilmani o‘zgartirish bo‘yicha ishlar bajarildi, sun’iy uchish-qo‘nish yo‘lagining yangi o‘q chizig‘i, qo‘nish hududlari va uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirish chiroqlari o‘rnatildi.

Qayd etilishicha, yangi 1-raqamli sun’iy uchish-qo‘nish yo‘lagi parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha xalqaro talablarga javob beradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют