» » Moliya vazirligi Toshkent viloyati misolida ilk bor “Fuqarolar uchun budjet”ni taqdim etdi

Moliya vazirligi Toshkent viloyati misolida ilk bor “Fuqarolar uchun budjet”ni taqdim etdi


Moliya vazirligi Toshkent viloyati misolida ilk bor “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini taqdim etdi.

Unda Toshkent viloyati budjetining asosiy daromad manbalari va ularning tarkibi, ayrim soliq va nosoliq daromadlarning mahalliy budjetdagi roli, yirik soliq to‘lovchilar va ularning viloyat budjeti daromadlaridagi hissalari to‘g'risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Axborot nashrida Toshkent viloyatida yig’iladigan soliqlarni, respublika budjetidan ajratiladigan ijtimoiy transfertlarning qanday taqsimlanishi, qaysi budjet tashkilotlari viloyat budjetidan va qaysilari tuman, shahar budjetlaridan moliyalashtirilishini ko‘rish imkoniyati mavjud.

Daromadlar

2019-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha normativ 77 foizga tasdiqlandi. Bu Toshkent viloyati hududida to‘plangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 77 foizi viloyat budjetiga, 23 foizi esa respublika budjetiga, 20 foizi QQS bo‘yicha viloyat budjetiga tushishini anglatadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i respublika budjetiga to‘liq o‘tkaziladi.

2019-yilda viloyat budjeti daromadlari 3 169,0 milliard so‘mni tashkil etadi. Daromadlarning deyarli uchdan ikki qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, QQS va aksizlar hisobiga olinadi.

Ushbu soliqlar 2019-yilda Toshkent viloyati budjeti daromadlarining asosiy o‘sishini ta’minlaydi. Daromadlarda JShDS, QQS va aksizlar tushishi ulushi 2018-yilda 25,3 foizni tashkil etgan, 2019-yilda esa ushbu soliqlar tushumlari viloyat budjeti umumiy daromadlarining 63,7 foizini tashkil etishi kutilmoqda.

Yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar

Olmaliq shahri Toshkent viloyatining tumanlar va shaharlar orasida eng yirik va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan shahar hisoblanadi. 2019-yilgi prognozga ko‘ra soliqlar (uning hududida to‘plangan soliqlar) kontingenti 2 415,3 milliard so‘mni tashkil etadi.

Ajratmalarning tasdiqlangan normativlariga muvofiq shahar budjetiga 27,1 milliard so‘m yoki Olmaliq shahri hududida to‘plangan soliqlarning 1 foizi tushadi. Pskent tumani soliqlar qayta taqsimlanishidan eng ko‘p mablag‘ oladi.

2019-yilgi prognozga ko‘ra ushbu tuman budjetiga 45,3 milliard so‘m yoki tuman hududida to‘plangan soliqlarning 46 foizi qayta taqsimlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют