» » O‘zbekistonda soliq yuki kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etildi

O‘zbekistonda soliq yuki kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etildi


Ish beruvchi tashkilotlarga soliq yuki, jumladan, yagona ijtimoiy to‘lovning kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mehnatga haq to‘lash fondini asossiz pasaytirish holatlarini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati monitoringini amalga oshiradi.

Soliq to‘lovchilar 2019-yil 1-aprelga qadar xodimlar soni va (yoki) mehnatga haq to‘lash fondini ixtiyoriy ravishda hisobotlarda rasmiylashtirgan va aks ettirgan taqdirda avvalgi hisobot davrlarida xodimlar sonini yashirganlik uchun javobgarlikdan, ilgari ko‘rsatilmagan xodimlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovi summasini qo‘shimcha hisoblashdan ozod qilinadi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar xizmat ko‘rsatuvchi banklardan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun pul mablag‘larini olishda (yoki plastik kartalarga o‘tkazishda) yagona ijtimoiy to‘lov hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha to‘lov hujjatlarini taqdim etadi.

Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etgan holda ishchi-soliq to‘lovchining hisobini yakka tartibda olib borishni nazarda tutib, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy to‘lovning yagona soliq hisoboti shaklini belgilangan tartibda ishlab chiqish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют