» » Oqdaryo tumanida uch kishi ish joyida pichoqlab ketildi

Oqdaryo tumanida uch kishi ish joyida pichoqlab ketildi


Noma’lum shaxs 6-sentabr kuni mast holatda Oqdaryo tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limiga kelib, uch kishini ishlab turgan joyida pichoqlagan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchilarning biri — Oqdaryo tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi iqtisodchisi J.R.; qolgan ikki jarohatlanganlar — N.Sh. va H.U. tuman hokimligi qishloq xo‘jalik bo‘limida joylashgan “Agrobank”ning tuman filialida ishlagan.

— Tan jarohati bilan shifoxonaga keltirilgan 1963-yilda tug‘ilgan J.R. qorin oldingi devoriga sanchib teshib o‘tuvchi jarohat bilan kelgan. Laprotomiya operatsiyasi o‘tkazilgan. Hozirda ahvoli yaxshilangan. 1982-yilda tug‘ilgan H.U. qorin oldingi devori kesib yirtilgan jarohat bilan keltirilgan. Uning jarohat tikilib, travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. 1987-yilda tug‘ilgan Sh.N. chap yelka sohasi sanchib kesilgan jarohat bilan keltirilgan. Ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan, — dedi Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Eldor Muhammadiyev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarga tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olingan. Biroq mazkur holat yuzasidan hozircha viloyat IIB hech qanday munosabat bildirgani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют