» » O‘zbekistondagi birinchi chek lotereyasiga 1 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistondagi birinchi chek lotereyasiga 1 mlrd so‘m ajratiladi


1-oktabrdan poytaxtda tajriba tariqasida chek lotereyasi joriy qilinadi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Yutuqli o‘yinlar onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan cheklardagi QR-kod yoki fiskal belgilar asosida o‘tkaziladi.

Moliya vazirligiga yutuqli o‘yinni tashkil etish uchun bir milliard so‘m miqdorida budjet mablag‘lari ajratish haqida topshiriq berilgan. 1-oktabrga qadar yutuqli o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha tartib ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Keyinchalik mazkur tajriba boshqa hududlarda ham joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют