» » Naqd pul bilan bog‘liq yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Naqd pul bilan bog‘liq yangi qaror loyihasi tayyorlandi


O‘zbekiston Prezidentining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada erkinlashtirish hamda pul tushumlari ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi, deb xabar bemoqda O‘zA.

Loyihaga ko‘ra, 2019-yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari onlayn NKM yoki virtual kassadan to‘liq foydalanishga o‘tadi. Aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini (onlayn NKM) bosqichma-bosqich joriy etish belgilanmoqda.

Tajriba loyiha sifatida onlayn NKMlaridan foydalanish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilish bayon etilgan.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, bankomatlar orqali naqd pul olishda foiz to‘lovini chegaralash taklif qilindi. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish joylarida sotish huquqi soddalashtirilgan shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ro‘yxatga qo‘yish orqali qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda oylik yig‘imlarni muntazam to‘lash hamda onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilish sharti bilan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladi.

Hujjatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют