» » Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi

Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi


Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) tajriba loyihasi ishga tushiriladi.

Mazkur loyiha doirasida mahsulotlarni sotilgan vaqti va joyini ko‘rsatgan holda ma’lumotlarni soliq organlariga onlayn uzatishni ta’minlovchi nazorat-kassa mashinalari orqali tushumlarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Mazkur tajribada savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar fiskal modulni (ulangan qurilmaning hisoblash quvvatini ishlatmagan holda fiskal ma’lumotlarni kriptografik himoyasini ta’minlovchi qurilma) ro‘yxatdan o‘tkazganidan so‘ng ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.

Fiskal modul zarur dasturiy ta’minot va texnik resurslar bilan beg‘araz beriladi hamda tadbirkorlarning shaxsiy ma’lumotlari himoyalanadi.

Fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tadbirkorlar davlat soliq organlariga shaxsiy kabinetlari orqali murojaat etadi.

Soliq organlari bir ish kunida fiskal modulni ro‘yxatdan o‘tganligi haqida xabarnomani yuboradi.

Tadbirkor besh ish kunida fiskal modulni bepul olib ketadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют