» » Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida onlayn-kassalar joriy etilmoqda

Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida onlayn-kassalar joriy etilmoqda


1-yanvardan O‘zbekistondagi savdo nuqtalarida onlayn-kassalar joriy qilish boshlandi, deb yozadi “Kommersant.uz”. 30-martgacha Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida 500 tadan 1000 tagacha bo‘lgan onlayn nazorat-kassa mashina (NKM)lari tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etiladi.

2018-yilning 1-dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn NKMni qo‘llagan holda amalga oshiradi.

Birinchi bosqichda onlayn-kassalar faqat xaridorning naqd pullari uchun urib berilgan cheklar hisobini yuritadi. Tashkilotlar va yakka tadbirkorlar endi xaridorga kassa chekini qog‘oz ko‘rinishida chiqarib berishdan tashqari, uni elektron tarzda xabardor qilishi va fiskal ma’lumotlar operatori orqali soliq xizmatiga yuborishi shart bo‘ladi.

Ayni paytda onlayn-kassalar tomonidan Uzcard kartalarini qabul qilish tizimi ishlab chiqilmoqda.

Chekda sotib olingan mahsulot ro‘yxati, uning narxi, soni, chek va kassa qurilmasi raqami, ish smenasi raqami va boshqalar ko‘rsatiladi. Shuningdek, QR-kod yordamida chekning qog‘oz shaklini elektron shakldagi kod ma’lumotlari bilan taqqoslab ko‘rish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют