2018-yildan boshlab O‘zbekistondan chiqishda 2000 dollargacha bo‘lgan naqd valyuta uchun yozma deklaratsiya talab qilinmaydi
2018-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani O‘zbekistonga olib kirish yoki O‘zbekistondan olib chiqib ketishda majburiy yozma deklaratsiya taqdim etish tartibi bekor qilindi. Bu haqda “Xalq so‘zi Onlayn” xabar bermoqda.
Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan. Xabarda ushbu farmon qachon imzolanganiga aniqlik kiritilmagan.
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishi ekvivalentda 5 000 (besh ming) AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasida hech qanday ruxsatnomalarsiz amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Добавить комментарий!
