» » “O‘zatom”: O‘zbekistonda AES quriladigan maydoncha MAGATE talablariga mos keladi

“O‘zatom”: O‘zbekistonda AES quriladigan maydoncha MAGATE talablariga mos keladi


O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi uchun Jizzax viloyatida Tuzkon ko‘li yaqinida tanlangan maydoncha Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) talablariga qariyb to‘liq javob beradi, deya xabar qildi “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati.

“MAGATE tomonidan ular mavjud bo‘lgan taqdirda AES qurilishi muammoli bo‘ladigan 15 ta ‘nomaqbul omil’ keltirilgan. Bizning maydonchamiz esa — bu dunyoda kamdan kam hollarda uchraydi — ularning 14 tasidan xoli. 15-omil — yer osti suvlarining yer sathidan 6?12 metr chuqurlikda joylashuvi muhandislik usuli bilan oson hal qilinadi”, — dedi Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat loyiha ilmiy tadqiqot instituti bosh direktori Yo‘ldosh Ma’rupov.

“O‘zatom” ustuvor maydondagi muhandislik tadqiqotlarini 2019-yilning oxirigacha tugallash rejalashtirilgan, ularning natijalari Atrof-muhitga ta’sirini baholash (AMTB) asosini tashkil etishini eslatib o‘tdi.

Bunda ishlar rejasiga muvofiq, 2020-yilning oxirigicha AMTB ishlab chiqiladi va jamoat eshituviga qo‘yiladi. Yuqorida tilga olingan muhandislik-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra, mazkur maydonga ruxsat olish uchun tegishli materiallar yadroviy va radiatsion xavfsizlik organi — Davlat sanoat xavfsizligi qo‘mitasiga yuboriladi.

Avvalroq “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev korporatsiya 2019-yil oxiriga qadar AES qurilishi bo‘yicha asosiy shartnomani imzolash hamda 2020-yil avvalidan stansiya qurilishi bo‘yicha maydonchada ishlar boshlanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют