» » OTMlarda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi

OTMlarda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi


O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga taalluqli sharhi e’lon qilindi.

Respublikada oliy ta’lim tizimida amaldagi tartibga muvofiq, test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ballar to‘plagan talabalar davlat granti bo‘yicha bepul o‘qiydilar. O‘z navbatida Davlat buyurtmasi parametrlari doirasida kontrakt asosida “o‘tish” ballarini to‘plab qabul qilingan talabalar esa, ularni o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyalangan bazaviy to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiydi.

Shu bilan birga talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika, Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.

Ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savollarga, shu jumladan, o‘qish uchun to‘lov shakli, talabalar va ularning ota-onalari tomonidan ta’lim olish uchun ish xaqidan yo‘naltiriladigan mablag‘larga qo‘llaniladigan imtiyoz va yengilliklar qo‘llash tartibiga taalluqli, shuningdek, ta’lim krediti va boshqa savollarga yozma shaklda hamda davlat interaktiv xizmatlari orqali javob berishga tayyorligini ma’lum qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют