» » Toshkent shahar IIBB: Xotin-qizlarga “gap otish” ruhiy zo‘ravonlik deb baholanadi

Toshkent shahar IIBB: Xotin-qizlarga “gap otish” ruhiy zo‘ravonlik deb baholanadi


Xotin-qizlarning yo‘lini to‘sish, ortidan “gap otish” ularga nisbatan ruhiy zo‘ravonlik deb baholanadi. Bu haqda 12-sentabr kuni Toshkent shahar IIBBda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan brifingda ta’kidlab o‘tildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

“Ayollarning orqasidan poylab yurib, ularga ‘gap otish’, ularning yo‘lini to‘sish ruhiy zo‘ravonlik o‘tkazayotganlik alomati deb belgilanadi. Mutaxassis psixologlar tomonidan bu holat ruhiy zo‘ravonlik deb baholanadi”, — dedi Toshkent shahar IIBBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markazi boshlig‘i, podpolkovnik Nilufar Muinova.

3-sentabrdan kuchga kirgan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda ruhiy zo‘ravonlikkka quyidagicha izoh berilgan:

xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik).

Qonunga ko‘ra, zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi. Tuzatish dasturidan o‘tish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hozirda ushbu tuzatish dasturi ishlab chiqilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentdagi oilaviy nizolarning salkam 6 foizi ayollarning erkaklarga tazyiqi oqibatida kelib chiqqan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют