» » Senat tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Senat tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi


Senat tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.

Qonun xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlashni nazarda tutadi.

Qonunga ko‘ra tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega.

Bunda jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Qonunda xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur organlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini unga tushunarli tilda himoya mexanizmlari, ko‘rsatiladigan yordam va xizmatlar turlari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishi shart.

Xususan, ichki ishlar organlari tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar ko‘rishi shart.

Qonunda belgilanishicha tazyiq yoki zo‘ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish maqsadida shaxsning zo‘ravonlik sodir etgan shaxs xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi.

Ma’qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют