» » Ozbekistonda ayollarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish togrisidagi qonun loyihasi tayyorlandi

Ozbekistonda ayollarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish togrisidagi qonun loyihasi tayyorlandi


Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi tomonidan Ayollarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish togrisida qonun loyihasi tayyorlandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Loyihada aytilishicha, qonun Ozbekiston fuqarolariga, Ozbekiston hududida yashovchi chet el fuqarolariga va fuqaroligi bolmagan shaxslarga tatbiq etiladi. Qonun maqsadlari uchun 18 yoshga tolmagan ayol jinsiga mansub shaxslar ham ayol deb etirof etiladi.

Qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Ichki ishlar, Mehnat, Talim, Sogliqni saqlash vazirliklari, Fuqarolar ozini ozi boshqarish organlari hamda Xotin-qizlar qomitasining ayollarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari belgilangan.

Masalan, Ichki ishlar organlarining vakolatlaridan biri sifatida 18 yoshga tolmagan ayol jinsiga mansub shaxslar tarbiyasi bilan shugullanmaydigan va ularga tazyiq otkazadigan hamda zoravonlik sodir etadigan ota-onalarni yoki ularning ornini bosadigan shaxslarni ota-onalar huquqlaridan mahrum qilish togrisida vasiylik va homiylik organlariga taqdimnoma kiritish vakolati qayd etilgan.

Ayollarga nisbatan tazyiq va zoravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlariga quyidagilar kiradi:

- profilaktik suhbat otkazish;

- himoya orderini berish;

- tazyiq va zoravonlik qurbonlariga yordam korsatish boyicha maxsus markazlarga joylashtirish.

Tazyiq va zoravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oz ichiga olishi mumkin, deyilgan hujjat loyihasida.

Qonun loyihasida qayd etilishicha, zoravonlik holati mavjud bolganda va boshpana berish talab qilinganda ayollarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatli organlar qurbonlarning maxsus markazlariga otkazilishini taminlaydi.

Qurbon maxsus markazga 30 kungacha bolgan muddatga otkaziladi. Zarurat bolgan holda bu muddat maxsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi, bundan qurbon maxsus markazda yuqorida korsatilgan muddatdan uzoq bolishni xohlamagan hollar mustasno. Maxsus markazga joylashtirish muddati tugagach, qurbonga xavf solinayotgan bolsa, maxsus markaz mamuriyati bu haqda bunga etibor qaratish uchun huquqni himoya qilish organlariga xabar qilishi shart.

Qurbon maxsus markazga joylashtirilganda uning ish joyi va ortacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2019, 20:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -