» » Buxoro shahridagi qimorxona fosh etildi

Buxoro shahridagi qimorxona fosh etildi


Buxoro shahrida faoliyat yuritgan qimorxona fosh etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Turdi Farog‘iy ko‘chasida yashovchi, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan 44 yoshli fuqaro Furqat Komilov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan, barcha o‘xshashlik tasodif) viloyat markazining “O‘tror” aholi punktidagi yashash uyida 8 nafar “qo‘noq”ni mehmon qiladi. Xufiyona yig‘in qimorbozlik maqsadida “chaqirilgani” keyin ma’lum bo‘ladi.

“O‘yinning ayni avjida ‘beliga tepgan’ xodimlar davraga tikilgan 1 million 950 ming so‘m va 50 AQSh dollarini, karta va boshqa buyumlarni daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib oladi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan qimorxona egasi F.K. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi, 1-qismiga muvofiq ish qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bu yo‘nalishdagi maxsus reyd tadbirlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют