» » Denovdagi dehqon bozorining sobiq raisi tuman hokimligi rahbariyatiga pora bergani haqida gap-so‘z tarqalgan edi. Tuman hokimligi ushbu holatga izoh berdi

Denovdagi dehqon bozorining sobiq raisi tuman hokimligi rahbariyatiga pora bergani haqida gap-so‘z tarqalgan edi. Tuman hokimligi ushbu holatga izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 4-iyun, 12-iyul hamda 9-sentabr kunlari Surxondaryo viloyati Denov tumani “Bobodehqon bozori” MChJ sobiq raisi Norqul Safarovning tuman hokimligi rahbariyati va xodimlariga pora berganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Denov tuman hokimligi mazkur xabarlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazdi.

Denov tumani hokimligi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan ushbu mazmundagi xabar va unga ilova qilingan ro‘yxatni har tomonlama to‘la va xolisona o‘rganish maqsadida tuman prokuraturasiga taqdim qildi.

Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining javob xati orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda keltirilgan holat atroflicha o‘rganib chiqilganligi va unda keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmaganligi ma’lum qilindi.

“Shuni inobatga olib, jamiyatdagi barcha jarayonlarga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizdan Denov tumani hokimligi xodimlarini obro‘sizlantirish maqsadida ijtimoiy tarmoqda takror va takror tarqatilayotgan bu yolg‘on axborotga ishonmasliklarini so‘raymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi guruh administratorlari hamda shaxsiy akkaunt egalariga esa aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo‘lishiga, ularda salbiy fikr va ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan ushbu mazmundagi tuhmatli gaplar va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish qonun oldida javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют