» » Qashqadaryoda erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Qashqadaryoda erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni bu haqdagi farmonni imzoladi.

Tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish EIZning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

“Chiroqchi” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Bu muddat davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi.

Bundan avval “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi qayta nomlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют