» » “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

“Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi


“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi filiali va Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasi negizida “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilgan farmonda ko‘zda tutilgan deya xabar beradi O‘zA.

Mazkur hujjat bilan quyidagilar “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalangan holda mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega raqobatbardosh, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini kengaytirish;

Meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investitsiyalarni, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish;

Erkin iqtisodiy zona korxonalari o‘rtasida hamda boshqa mahalliy korxonalar bilan mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallardan yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

“Sirdaryo” EIZ hududida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, ushbu hududda sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

Erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishda va ularning erkin iqtisodiy zonada joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashida qatnashish.

EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Sirdaryo viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining bevosita tasarrufida bo‘ladi.

“Sirdaryo” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va u keyinchalik uzaytirilishi mumkin. EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

“Sirdaryo” EIZ ishtirokchisi maqomi Sirdaryo viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining qarori bilan beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют