» » 2019-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga qancha go‘sht olib kirilgan?

2019-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga qancha go‘sht olib kirilgan?


Ochiq ma’lumotlar portalida O‘zbekistonga 2019-yilning birinchi yarim yilligi davomida qancha miqdorda go‘sht olib kirilgani bog‘liq raqamlar e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning birinchi yarmi davomida O‘zbekistonga yirik shoxli qoramol go‘shtidan 985 tonna import qilingan. Bu mahsulot qiymati 3 million dollar atrofida bo‘lgan.

Shu turdagi go‘shtning muzlatilganidan esa 204 tonnaga yaqin import qilingan. Bu salkam 478 ming dollariga teng.

O‘tgan bu davrda 5,8 million dollar qiymatida bo‘lgan 7 674 tonna parranda go‘shti va mahsulotlari import qilingan.

Import qilingan tirik baliq miqdori 4,5 tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, muzlatilgan baliqdan 260 ming dollar qiymatida 47,7 tonna olib kirilgan.

Avvalroq, go‘sht narxlari ko‘tarilishi bilan bog‘liq masalaga Davlat statistika qo‘mitasi munosabat bildirgandi.

Shuningdek O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov go‘sht narxi oshishiga izoh bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют