» » Liga 1. Neymarning qoyilmaqom goli PSJga g‘alaba keltirdi (video)

Liga 1. Neymarning qoyilmaqom goli PSJga g‘alaba keltirdi (video)


14-sentabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 5-turi doirasida amaldagi chempion Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi “Park de Prens”da “Strasburg”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvdagi yagona golga Parij klubi hujumchisi Neymar 90-daqiqada mualliflik qildi.

Shu tariqa PSJ o‘z uyida “Strasburg”ni kichik 1:0 da hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng PSJ ochkolari sonini 12 taga yetkazib musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Strasburg” esa 3 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

Liga 1

5-tur bahslari

13-sentabr, juma

Gollar: 1:0 — 39 Osimxen, 2:0 — 53 Luis Arajuo, 2:1 — 87 Baoken

Gollar: 1:0 — 7 Jalle, 1:1 — 9 Dembele, 1:2 — 34 Dembele, 2:2 — 90 Bodmer

14-sentabr, shanba

Gol: 1:0 — 90 Neymar

PSJ: Navas, Kurzava (Kimpembe, 71), Dagba, Diallo, Tiago Silva, Di Mariya, Sarabiya (Errera, 71), Guye, Verratti, Shupo-Moting (Ikardi, 63), Neymar

“Strasburg”: Zels, Karol, Djiku, Kone, Lala, Tomasson (Prsich, 85), Sissoko, Simakan (Lienar, 74), Bellgard, Mitrovich, Ajork (Motiba, 78)

Ogohlantirishlar: Bellgard (45), Kurzava (45), Ajork (71), Verratti (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют