» » Xorazmda YPX xodimi bir ayolni ‘dubinka’ bilan urib o‘ldirmagan. Voqea Samarqandda bo‘lgan, hech kim o‘lmagan

Xorazmda YPX xodimi bir ayolni ‘dubinka’ bilan urib o‘ldirmagan. Voqea Samarqandda bo‘lgan, hech kim o‘lmagan


Ijtimoiy tarmoqlarda 14-sentabr kuni “Xorazmda YPX xodimi ayol kishini dubinkada urib o‘ldirib qo‘ydi” sarlavhasi bilan videoyozuv tarqalgan edi (“Daryo”da ushbu videoyozuv asosida “Ichki ishlar organi xodimi tayog‘i bilan odamlarni uryapti” sarlavhali xabar chiqqan edi).

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, voqea Xorazm emas, Samarqand viloyatida yuz bergan; videodagi mojaro oqibatida hech kim qurbon bo‘lmagan.

12-sentabr kuni soat taxminan 18:30 da “Navoiy—Urgut” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Damas YHXB inspektori tomonidan to‘xtatilib, haydovchi — 2000-yilda tug‘ilgan, Toyloq tumanida yashovchi J.S.ning hujjatlari tekshirilganida, mashinaning sug‘urta polisi muddati o‘tib ketgani aniqlangan. Inspektor haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotganida Damas’da bo‘lgan 1965-yilda tug‘ilgan Q.R., uning o‘g‘illari — 1988-yilda tug‘ilgan Q.B. va 1993-yilda tug‘ilgan Q.S. tushib kelib, YHXB xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilgan.

Urgut tumani IIBning ikki nafar profilaktika inspektori Damas’dan tushgan uch erkakka YHXB inspektoriga to‘sqinlik qilmaslik borasida tushuntirish bergan. Shunga qaramay ular faol qarshilik ko‘rsatib, haqorat qilib, xodimlarni urgan; fuqaro Q.R. profilaktika inspektorining o‘ng yelka pogonini, Q.R.ning o‘g‘illaridan biri esa ikkinchi profilaktika inspektorining chap yelka pogonini yulib olgan. Ziddiyatga guvohi bo‘lgan Q.B.ning onasi, 1965-yilda tug‘ilgan U.R. Damas’dan tushib, ularni ajratish maqsadida borayotganida qon bosimi ko‘tarilib, o‘zini yomon his qilgan va yerga yiqilgan, lekin hushida bo‘lgan.

Damas haydovchisi J.S. esa fursatdan foydalanib, YHXB inspektorining qo‘lidan o‘ziga tegishli hujjatlar va ma’muriy bayonnomani tortib olmoqchi bo‘lib, faol qarshilik ko‘rsatgan hamda inspektorning ko‘krak nishoni yulib olib, qochib ketgan. J.S. 12-sentabr kuni soat 22:30 da tanishlari orqali Urgut tumani IIO FMBga chaqirtirilgan, voqeani rasmiylashtirish jarayonida undan ko‘krak nishoni hujjatlashtirib olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Urgut tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fuqaro U.R.ning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli profilaktika inspektori uni yo‘ldagi avtomashinaga o‘tkazib, tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun Urgut tumani “Sariqtepa” mahallasidagi qishloq vrachlik punktiga olib borgan. Ammo qishloq vrachlik punktida hech kim bo‘lmaganligi sababli shu yaqinda istiqomat qiluvchi, ushbu vrachlik punkti shifokorining yashash uyiga olib borilgan.

“Shifokor tomonidan fuqaro U.R.ga tibbiy yordam ko‘rsatilib, hech qanday tan jarohati yo‘qligi hamda qon bosimi pasayib, ahvoli yaxshilanganligi sababli, uyiga javob berilgan”, — deyiladi IIV axborotida.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda ham ichki ishlar organi xodimi ayol kishiga qo‘l ko‘targani aks etgan videoyozuv tarqalgan edi. Qoraqalpog‘istondagi holat yuzasidan IIV biror izoh bermadi. Bosh prokuratura tomonidan berilgan axborotda esa hodisa oqibatida ichki ishlar organi xodimi tan jarohati olgani ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют