» » Samarqandda Damas svetofordan qizil chiroqda o‘tib, 8 yoshli qizchani urib yubordi (video)

Samarqandda Damas svetofordan qizil chiroqda o‘tib, 8 yoshli qizchani urib yubordi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida svetoforning qizil chirog‘i yonib turganiga qaramay, Damas harakatni davom ettirgan va piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan o‘quvchi qizni urib yuborgan video tarqaldi.

Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur voqea 2019-yilning 21-may kuni soat taxminan 11:30 atrofida Samarqand shahar Panjakent ko‘chasida sodir bo‘lgan.

1966-yilda tug‘ilgan Urgut tumani Gulobod mahallasida yashovchi N.Q. o‘zi boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomashinasida piyoda, voyaga yetmagan 2011-yilda tug‘ilgan Samarqand shahrida yashovchi F.T.ni urib yuborgan.

Natijada F.T. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga olib borilgan va tekshiruvlardan o‘tkazilib, davolanishga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют