» » Samarqandda odam urib yuborib voqea joyidan yashiringan surxondaryolik haydovchi qo‘lga olindi

Samarqandda odam urib yuborib voqea joyidan yashiringan surxondaryolik haydovchi qo‘lga olindi


2019-yilning 20-aprel kuni Samarqand tumani “Andijoni” mahallasida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.ni “Sho‘rboi” mahallasi hududida joylashgan “A’zam bobo” to‘yxonasi mashina urib yuborgan.

M.M.ga o‘ng boldir suyaklari o‘rta uchligidan yopiq parchalanib sinib siljishi chap qosh sohasi urilib yirtilgan jarohati tashxisi qo‘yilgan. M.M. ruhiy nosog‘lomligi muomalaga layoqatsizligi sababli qayerda va qanday holatda tan jarohati olganligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Kuzatuv kameralari orqali 50 yoshli erkakni M-39 avtomobil yo‘lining Toshkent–Termiz yo‘nalishida noma’lum davlat raqam belgili Damas mashinasi urib yuborganligi aniqlangan.

Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Samarqand tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi hamda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Surxondaryo viloyati Angor tumani “Hamkon” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan R.N. o‘zining boshqaruvidagi Damas avtomashinasida sodir qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan haydovchi ustidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют