» » Yunusobodda piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan Matiz haydovchisi qo‘lga olindi

Yunusobodda piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan Matiz haydovchisi qo‘lga olindi


5-fevral kuni soat 23:00 larda Yunusobod tumanida noma’lum haydovchi avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida 1991-yilda tug‘ilgan erkak “bosh miya yopiq jarohati va chayqalishi, burun suyagining sinib siljishi” tashxisi bilan 7-shahar klinik shifoxonasiga olib borildi. Haydovchi piyodaga tibbiy yordam ko‘rsatmay va ichki ishlar organlariga xabar bermay YTH joyidan yashiringan.

Shu kunning o‘zida Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida mazkur YTHni sodir etgan haydovchi 1980-yilda tug‘ilgan Zoir Sultonov ekanligi va u o‘zining boshqaruvidagi Matiz Best rusumli mashinasida bo‘lganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Z. Sultonovga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uning avtomobili jarima maydonchasiga tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют