» » Samarqandda 50 yoshli erkakni urib yuborgan Damas haydovchisi qidirilmoqda

Samarqandda 50 yoshli erkakni urib yuborgan Damas haydovchisi qidirilmoqda


20 aprel kuni Samarqand tumani “Andijoni” mahallasida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. Samarqand tumani “Shurboi” mahallasi hududida joylashgan “A’zam bobo” to‘yxonasida tan jarohati olgan.

Tayloq tumani Tez tibbiy bo‘limining ma’lumotiga ko‘ra fuqaro M.M.ga o‘ng boldir suyaklari o‘rta uchligidan yopiq parchalanib sinib siljishi chap qosh sohasi urilib yirtilgan jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur tan jarohati olgan fuqaro M.M.dan tan jarohatlarini qayerda qanday holatda olganligi so‘ralganda, u ruhiy nosog‘lomligi muomalaga layoqatsizligi sababli qayerda va qanday holatda tan jarohati olganligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

Mazkur holat yuzasidan M.M. 19-aprel kunidan 20-aprel kuniga qadar harakatlangan joylar kuzatuv kameralari orqali ko‘zdan kechirilganda, 20-aprelga o‘tar kechasi Samarqand tumani “Sho‘rboi” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining Toshkent–Termiz yo‘nalishida noma’lum davlat raqam belgili Damas rusumli avtomashina M.M.ni urib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holatni ko‘rgan va bilganlar bo‘lsa viloyat IIB YHXB Navbatchilik qismining (66) 221-81-81, shahar YHX bo‘limining (66) 233-47-47, shuningdek Tezkor guruhining 98-573-50-40 raqamlariga murojaat qilish so‘raladi.

Mazkur holat bo‘yicha xabar bergan shaxsning ism-sharifi sir tutiladi va mukofot puli beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют