» » Urgutda Cobalt haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashirindi

Urgutda Cobalt haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashirindi


18-may kuni soat 22:30 atrofida Urgut tumani, A’loxotin mahallasi hududidan o‘tuvchi “Tayloq-Urgut” avtomobil yo‘lining 2-kilometrida noma’lum avtomashinaning noma’lum haydovchisi piyodani urib yuborib, jabrlanuvchiga yordam bermay, voqea joyidan yashirindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Avtohalokat natijasida og‘ir tan jarohati olgan S.V Urgut tuman markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor-tergov surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini tegishli hujjatlarsiz, mast holatda bo‘lgan haydovchi S. M o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobilda sodir etganligi aniqlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 226 va 117-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют