» » Bo‘stonliqda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi

Bo‘stonliqda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi


Avtoransport vositasini piyodani urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10-mart kuni soat 07:30 larda Bo‘stonliq tumanidagi Soyliq qishlog‘idan Xondayliq qishlog‘iga olib boruvchi avtomobil yo‘lining o‘ng tomon chetida erkak kishining murdasi tan jarohatlari bilan topilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida 10-mart kuni soat 07:15 larda Bo‘stonliq tumanida yashovchi, “Maksam-Chirchiq” korxonasida gazdan qutqaruvchilar otryadida instruktor lavozimida ishlagan 1973-yilda tug‘ilgan Hikmat Aripov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘ziga tegishli Matiz rusumli avtomashinani boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Bo‘stonliq tumanida yashovchi, nafaqaxo‘r, 1956-yilda tug‘ilgan, Ergash Uskanovni urib yuborib, hayoti va sog‘ligi xavf ostida qolgan piyodaga yordam berish o‘rniga, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Oqibatda piyoda E. Uskanov olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

Bo‘stonliq tuman IIB xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Matiz avtomashinasi haydovchisi H. Aripov shu kunning o‘zida qo‘lga olingan. Unga nisbatan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют