» » Samarqandda odam urib voqea joyidan yashiringan haydovchi qo‘lga olindi

Samarqandda odam urib voqea joyidan yashiringan haydovchi qo‘lga olindi


28-mart kuni soat taxminan 7:00 atrofida Urgut-Jartepa avtomobil yo‘lining Urgut tumani Jartepa mahallasidan o‘tuvchi qismida noma’lum avtomashina Jartepa mahallasida yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan fuqaro G.J.ni urib yuborgan. Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda viloyat IIB “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlanuvchining tos suyagi sinib, og‘ir tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Urgut tuman IIB YHXB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida YTHni mazkur tumandagi Qoldivayjar mahallasida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan fuqaro I.I. sodir etganligi aniqlangan. I.I. o‘zining VAZ-2106 avtomashinasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Hozirda holat yuzasidan turgov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют