» » Farg‘ona va Qashqadaryoda odam urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchilar qo‘lga olindi

Farg‘ona va Qashqadaryoda odam urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchilar qo‘lga olindi


Qashqadaryoning Muborak tumanida 3-dekabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani tuman hududidan o‘tuvchi A-380 yo‘lining 118-kilometrida haydab ketayotib, “Quruvchilar” mahallasida yashovchi fuqaro Z.H.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada Z.H. ko‘plab og‘ir jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi O.Sh. o‘z boshqaruvidagi Damas avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, u ushlangan. Tergov davom etmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.

6-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Kattaqashqar qishlog‘i hududida haydab ketayotib, velosipedda ketayotgan, shu qishloqda yashagan O.A.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada O.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Uchko‘prik tumanida yashovchi O.X. o‘z boshqaruvidagi GAZ-53 rusumli yuk avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda”, — deb yozadi IIV sayti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют