» » Toshkentda piyodani urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkentda piyodani urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda


Toshkent shahrining Olmazor tumanida 1-iyul kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani THAY ko‘chasida haydab ketayotib piyoda, Uchtepa tumanida yashovchi B.A.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Oqibatda B.A. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Piyodani urib ketgan shaxs yoki mashina haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga xabar berish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют