» » Uchko‘prikda velosipedchini urib yuborib, voqea joyidan qochgan “Jiguli” haydovchisi qo‘lga olindi

Uchko‘prikda velosipedchini urib yuborib, voqea joyidan qochgan “Jiguli” haydovchisi qo‘lga olindi


16-oktabr kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Jaloyer qishlog‘ida noma’lum haydovchi davlat raqamlari aniqlanmagan oq rangli VAZ-2106 rusumli mashinasi bir velosipedchini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Jabrlanuvchi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston IIVdan ma’lum qilishlaricha, fuqarolar bergan ma’lumotlar asosida ushbu YTH Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi A.F. tomonidan VAZ-2103 mashinasida sodir etganligi aniqlanib, gumonlanuvchi ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

“O‘z navbatida, jamiyatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga va o‘zgalar taqdiriga befarq bo‘lmay xabar bergan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, — O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют