» » Navoiyda mast haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lmagan mashinada birovning umriga zomin bo‘ldi

Navoiyda mast haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lmagan mashinada birovning umriga zomin bo‘ldi


Navoiyda avtomobilni mast holda boshqarib borgan haydovchi boshqa bir fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Navoiy viloyat IIBga tayanib, “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

2019-yil 2-aprel kuni soat 01:30 larda fuqaro N. ismli shaxs Matiz rusumli 85 O 056 FA davlat belgili avtomashinani M-37 avtomobil yo‘lining 151-152 kilometrlari oralig‘ida “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borib, o‘zining yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan piyoda 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro D.ni avtomashinaning o‘ng old tomoni bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Piyoda hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olganligini bila turib unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib yashiringan. Natijada Fuqaro D. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchi mast holatda bo‘lgan, transport vositasi o‘ziga tegishli bo‘lmagan hamda odam o‘limiga sabab bo‘lib voqea joyidan yashiringan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют