» » Navoiyda mast holda odam urib yuborib, qochib ketgan haydovchi bir necha soat ichida qo‘lga olindi

Navoiyda mast holda odam urib yuborib, qochib ketgan haydovchi bir necha soat ichida qo‘lga olindi


Navoiy viloyatida Matiz mashinasida odam urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

2-aprel kuni soat 01:30 larda U.A. Matiz rusumli avtomashinani M-37 avtomobil yo‘lining 151–152 kilometrlari oralig‘ida “Samarqand–Buxoro ” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib 1997-yilda tug‘ilgan Sh.Sh.ni mashinaning o‘ng old tomoni bilan urib yuborgan. Haydovchi piyodaning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olganligini bila turib unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib yashiringan. Oqibatda Sh.Sh. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan.

Sh.Sh.ning tanasi bir necha soat davomida yo‘l chetida qolib ketgan. Tong yorishayotgan mahalda ichki ishlar organlariga yo‘l chetida murda yotganligi haqida xabar kelib tushgan. Ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari hodisa joyini ko‘zdan kechirgan. Ular YTH yuz bergan yerdan topilgan bo‘laklar orqali Sh.Sh.ni Matiz rusumli mashina urib yuborganini aniqlagan.

Kuzatuv kameralari orqali hodisa ro‘y bergan vaqtda ushbu yo‘ldan o‘tgan mashinalar kuzatilgan va YTH sodir etgani taxmin qilinayotgan Matiz avtomobili aniqlangan. Navoiy shahri bo‘ylab qidiruv e’lon qilingan, bir soat ichida mashina va haydovchi topilgan.

Gumonlanuvchi U.A. mashina o‘ziga tegishli emasligini, uni hujjatlarsiz boshqarganligini, bundan tashqari tunda kimni yoki nimani urib yuborganini bilmasligini, chunki o‘sha vaqtda mast bo‘lganini ma’lum qilgan.

U.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) va 117-moddaning 2-qismi (Xavf ostida qoldirish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют