» » Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 3 qizni urib yubordi. Ulardan ikki nafari komaga tushib qolgan

Samarqandda Lacetti haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 3 qizni urib yubordi. Ulardan ikki nafari komaga tushib qolgan


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasining videosi tarqaldi. Unda ikki qizning yo‘lda, birining Lacetti ustida hushsiz yotgani aks etgan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, qizlarning ikki nafari koma holatiga tushib qolgan. Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi mazkur YTH haqida rasmiy bayonot berdi.

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning 9-oktabr kuni soat 21:30 da Samarqand shahar Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘jiza” bazmgohi qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi Q.I. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasini Panjakent ko‘chasi tomondan Dahbet ko‘chasi tomonga boshqarib borayotib, avtomashina yo‘nalishi bilan yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch qizni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan, Samarqand Davlat chet tillar instituti 2-bosqich talabalari 1994-yilda tug‘ilgan U.X., 1996-yilda tug‘ilgan U.I., 1996-yilda tug‘ilgan U.O.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda ularning salomatliklarni tiklash yuzasidan barcha tibbiy muolajalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют