» » Toshkentda Lacetti haydovchisi ikki nafar piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Toshkentda Lacetti haydovchisi ikki nafar piyodaning umriga zomin bo‘ldi


Shu yilning 2-aprel, yakshanba kuni soat 11:20 atrofida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina ikki nafar piyodalarni urib yuborib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan boshqa Lacetti avtomashinasiga urildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l-transport xodisasini sodir etilishida gumonlanayotgan Lacetti avtomashinasi haydovchisi ushlangan.

Xabarda qayd etilishicha, hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют