» » Qibray tumanidagi uyda yollanib ishlayotgan shaxs xonadon egasining Lacetti mashinasi, pullari va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

Qibray tumanidagi uyda yollanib ishlayotgan shaxs xonadon egasining Lacetti mashinasi, pullari va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi


Toshkent viloyati, Qibray tumani “Yoshlik” MFYda yashovchi, ishlamaydigan, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyida yollanib ishlab yurgan, Chirchiq shahrida yashovchi shaxs uy bekasi uxlab qolganidan foydalanib, o‘g‘rilikka qo‘l urdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyatchi uydan 1 million 200 ming so‘m pul, 700 dollar, LG televizori, SONY rusumli fotoapparat, iPhone mobil telefoni va turli qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib, uy egasining Lacetti avtomashinasiga yukladi va avtomashinani haydab voqea joyidan qochdi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan, 1971-yilda tug‘ilgan shaxs aniqlanib, ushlandi.

Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют