» » G‘ijduvonda chorsulik yigit mahalladosh ayolning qoramolini o‘g‘irladi

G‘ijduvonda chorsulik yigit mahalladosh ayolning qoramolini o‘g‘irladi


Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani Chorsu mahallasida 1967-yilda tug‘ilgan, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayolning uyidan bir bosh qoramoli o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea joyiga chiqqan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi, gumonlanuvchi shaxslarning alohida belgilari aniqlandi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etgani aniqlandi va u qo‘lga olindi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotidan

Qo‘shimcha qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют