» » “Ota-ona farzandiga qimmat telefon olib bermaganida, balki jinoyat sodir bo‘lmasmidi…”. O‘zbekiston IIV ota-onalarga bilvosita murojaat qildi

“Ota-ona farzandiga qimmat telefon olib bermaganida, balki jinoyat sodir bo‘lmasmidi…”. O‘zbekiston IIV ota-onalarga bilvosita murojaat qildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Olmaliq shahrida uch noma’lum shaxs akademik litsey o‘quvchisini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uning qo‘lidan iPhone va Samsung mobil telefonlarini tortib olgan va voqea joyidan yashiringan.

“Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni Olmaliqda yashovchi ikki nafar 1998-yilda tug‘ilgan va bir nafar 1996-yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Vazirlik matbuot xizmati o‘z axboroti so‘ngida ota-onalarga bilvosita murojaat qilgan:

Jinoyat sodir etganlar qonun oldida qilmishiga yarasha javob berishi aniq, biroq ota-onalar farzandlariga qimmat (bir emas, ikkita) telefon olib bermaganida, balki jinoyat sodir bo‘lmasmidi… O‘g‘lining ham xalovati buzilmasdi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotidan

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют