» » Buxoroda ov qurolidan beruxsat foydalangan yigit hazillashish vaqtida qarindoshini otib qo‘ydi

Buxoroda ov qurolidan beruxsat foydalangan yigit hazillashish vaqtida qarindoshini otib qo‘ydi


Buxoro viloyati Jondor tumani Tobogar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro otasining ov quroli bilan qarindoshini otib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, ov quroli hududiy ichki ishlar organi tomonidan 4356-raqami bilan ro‘yxatga olingan bo‘lgan. Gumonlanuvchi qurolni beruxsat, ov qilish maqsadida uydan olib chiqqan.

“Uning shu qishloqda yashagan qarindoshi o‘zining Matiz rusumli avtomashinasida kelgan vaqtida u bilan hazillashib, uni otib qo‘ygan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Gumonlanuvchining qarindoshi olgan tan jarohatidan voqea joyida vafot etgan. Quroldan foydalangan fuqaro esa ushlangan.

IIV matbuot xizmatining qayd etishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют