WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Chilonzorda 44 yoshli ayolning sumkasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
Chilonzorda 44 yoshli ayolning sumkasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkentning Chilonzor tumanida 44 yoshli ayolning sumkasi ochiqdan-ochiq tortib olinib, olib qochilgan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, sumka ichida 60 ming so‘m pul, ikki dona plastika karta va uy kalitlari bo‘lgan. Noma’lum shaxs ayolni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitgan.
“Tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida jinoyatni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 1993-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlandi va u ushlandi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Qayd etishlaricha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?