» » Sirdaryoning Farg‘onasida ikki kishi xonadondan televizor va 8 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketdi

Sirdaryoning Farg‘onasida ikki kishi xonadondan televizor va 8 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketdi


Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Farg‘ona shaharchasida yashovchi fuqaroning uyidan noma’lum shaxslar Samsung televizori va 8,2 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar bermoqda.

Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchining alohida belgilari aniqlangan.

“Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida bu jinoyatni Oqoltin tumanida yashovchi 26 va 19 yoshli fuqarolar sodir etgani aniqlandi va ular qo‘lga olindi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Xabarda ta’kidlanishicha, hozirda ularning boshqa mulkiy turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Navoiyda ichida 50 ming so‘m pul bo‘lgan ayollar sumkasini o‘g‘irlagan talonchi hibsga olindi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют